KISS (Keep It Simple, Stupid) prinsipi shuni anglatadiki, kodni iloji boricha sodda va tushunarli yozish kerak. Yuqoridagi misolda, ortiqcha if-else ishlatmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijani qaytarish mumkin. Bu kodni o‘qishni osonlashtiradi va xatoliklar ehtimolini kamaytiradi.
❌
def is_even(n: int) -> bool:
if n % 2 == 0:
return True
else:
return False
✅
def is_even(n: int) -> bool:
return n % 2 === 0
DRY printsipi codda bir xil formulani yoki mantiqni qayta-qayta yozishdan saqlanishni bildiradi. Buning o‘rniga, bitta funksiya yozib, kerakli joyda undan foydalanish kerak. Bu kodni toza, tushunarli va boshqarilishi oson qiladi.
❌
area1 = 3.14 * 5 * 5
area2 = 3.14 * 10 * 10
✅
def circle_area(radius):
return 3.14 * radius * radius
area1 = circle_area(5)
area2 = circle_area(10)
YAGNI printsipi — “hozir kerak bo‘lmagan kodni yozma” degan ma’noni anglatadi. Ko‘pincha, kelajakda kerak bo‘lishi mumkin deb, ortiqcha parametrlar yoki funksiyalar yozamiz. Bu esa kodni murakkablashtiradi, o‘qishni va test qilishni qiyinlashtiradi.
Agar keyinroq kerak bo‘lsa — o‘shanda yoziladi. Hozir esa minimal va zarur kod yozish muhim.
"Keyinchalik foydalanuvchi manzilini ham saqlaymiz" deb manzil parametrini hoziroq yozish — bu YAGNI printsipiga zid. Chunki hozircha manzil kerak emas, va u noto‘g‘ri ishlatilsa, hatto xatolik ham keltirib chiqarishi mumkin.
# ❌ YAGNI printsipiga zid — ortiqcha parametrlar, hali kerak emas
def register_user(name, age, address=None, phone=None, hobbies=None, birth_place=None):
print("User registered:", name)
# ✅ YAGNI printsipiga amal qilingan — faqat hozir kerakli narsalar
def register_user(name, age):
print("User registered:", name)